Gvardiola "Real" yarim himoyachisining "Manchester Siti"ga transferini ma'qulladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

«Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga «Manchester Siti»ga o'tishi mumkin. Bu haqda «Topskills Sports UK» xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, frantsuz futbolchisini sotib olishga «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaxsan qiziqish bildirgan va ushbu transferni ma'qullagan. Shuningdek, o'yinchiga «Al-Ittihod» ham da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi Madrid klubining rejalariga kirmayapti.
«Real» Kamavinga uchun Evropa va Saudiya jamoalariga turlicha narx belgiladi. Evropa klublari uchun bu summa 80 million evroni, Saudiya Arabistoni klublari uchun esa 120 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334