"Nyukasl" Voltemadeni sotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

Germaniyalik hujumchi Nik Voltemade yozgi transfer oynasida "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qarg'alar" kelasi yozda yangi hujumchi sotib olishga urg'u beradi. "Nyukasl" avgust oyida klub uchun rekord darajadagi 75 million evroga sotib olingan 23 yoshli Voltemadeni sotish haqida o'ylamoqda. "Nyukasl" muxlislari 13 o'yindan beri gol ura olmayotgan Voltemadening o'yinidan norozi bo'la boshladi.
Voltemade barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Hujumchining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367