Flik: "Bu sharmandalik va falokat!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4796

«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik hakamlarni ochiqchasiga tanqid qildi. U Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi bo'ldi. Kataloniyaliklar 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi, biroq hakam «ko'k-anorranglilar»ning golini offsayd sababli inobatga olmadi.
Flik hakamning ishini «sharmandalik» va «falokat» deya baholadi.
"Bu nima uchun offsayd ekanligini tushunmayapman. Bu sharmandalik va falokat!"" — dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Atletiko» o'rtasidagi yarim finalning javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321