Rayya: "Hafsalamiz pir bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

Angliya chempionati 26-turining so'nggi o'yinida Londonning «Arsenal» klubi «Brentford» bilan bahsda ikki ochko yo'qotdi. Londonliklar posboni David Rayya durangdan so'ng hafsalasi pir bo'lganini yashirmadi.
"Biz durangdan xafamiz. Ammo bu erda o'ynash doim qiyin ekanligini unutmasligimiz kerak. Turnir jadvalida esa biz birinchi bo'lib qolyapmiz va ustunlikni saqlab turibmiz. Menimcha, g'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq golli vaziyatlardan foydalanishda biroz omadimiz kelmadi", — deya Rayyaning so'zlarini keltiradi «BBC Sport».
Natijada, tur yakunlariga ko'ra London klubining «Manchester Siti»dan ustunligi atigi to'rt ochkogacha qisqardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300