Mourino murabbiy sifatida rivojlanishiga yordam bergan futbolchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Portugaliyalik mutaxassis, hozirda Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlayotgan Joze Mourino «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bilan bo'lgan raqobat haqida fikr bildirdi.
"Leo bilan raqobat menga murabbiy sifatida rivojlanish imkonini berdi. Har safar jamoam «Barselona»ga qarshi o'ynaganida, men bor e'tiborimni Messiga qaratishim va unga qarshi qanday harakat qilish haqida o'ylashim kerak edi", — deya «Special One» (Maxsus) laqabli murabbiyning so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda «Transfer News Live» nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mourino avvalroq Madridning «Real», Londonning «Chelsi» va boshqa jamoalarida faoliyat yuritgan.
Messi hozirda Amerikaning «Inter Mayami» klubi o'yinchisi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
332