«Brentford» ustozi «Arsenal» bilan durangga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

Angliya futbolida 26-tur yakunlandi, «Brentford» o'z maydonida «Arsenal»ni mag'lub eta olmadi — jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. «Asalarilar» ustozi Kit Endryus uchrashuv yakunlari haqida to'xtalib, o'z shogirdlarining ishonchli harakatlarini yuqori baholadi.
"Biz g'alaba qozona olmadik, lekin top-klubga qarshi o'yinda barcha jihatlar bo'yicha ajoyib harakat qildik. Ishga bo'lgan munosabat, fidoyilik — bularning barchasidan juda mamnunman. Jamoa butun o'yin davomida ijobiy kayfiyatda bo'ldi", — deya Kit Endryusning so'zlarini keltiradi «BBC Sport».
Natijada «Brentford» ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yuqori — ettinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322