«Manchester Siti» yana himoyachi transferi uchun 50 million evro sarflamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

«Roma»ning o'ng qanot himoyachisi Uesli Fransa faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Uesli «Manchester Siti»ning yozgi transfer maqsadiga aylangan. Ta'kidlanishicha, "shaharliklar" 22 yoshli braziliyalik uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor, biroq rimliklar o'z futbolchisini sotishni rejalashtirmayapti.
«Roma» Ueslini o'tgan yozda Braziliyaning «Flamengo» klubidan 25 million evro evaziga sotib olgan edi. ""Sariq-qizillar"" tarkibida himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ueslining Italiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


Bosh sahifaga
334