Anchelottining taqdiri allaqachon hal bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1450

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu mamlakat milliy terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi.
Italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan kelishuvi allaqachon tayyor, faqat rasmiyatchiliklarni hal qilish qolgan, deb yozadi «The Athletic».
Braziliya terma jamoasi tarixidagi birinchi xorijlik murabbiy qo'l ostida jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan bir guruhdan joy olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293