Simeone Alvaresning "Barsa"ga qarshi o'yinini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 770

Madridning «Atletiko» klubi ustozi Diego Simeone «Barselona»ga qarshi o'yindagi (4:0) hujumchi Xulian Alvaresning harakatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
26 yoshli forvard Ispaniya Kubogining dastlabki yarim final bahsi qahramonlaridan biriga aylandi: u 33-daqiqada Ademola Lukmanga golli uzatma etkazib berdi, tanaffus oldidan esa o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Argentinalik uchun bu gol so'nggi ikki oydan ko'proq vaqt ichidagi birinchisi bo'ldi — u bundan oldingi 11 ta uchrashuvda biror marta ham raqib darvozasini ishg'ol eta olmagan edi.
"Alvaresning Lukmanga bergan golli uzatmasi fantastik chiqdi. Xulian gol urishga ham muvaffaq bo'ldi va men uning nihoyat (gollarga) qaytganidan xursandman. Ishonchim komil, bundan keyin unga gol urish ancha osonlashadi", — dedi Simeone o'z intervyusida.
Yakshanba kuni «matraschilar» La Liga doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi maydonga tushishadi. «Barselona» bilan javob o'yini esa 3 mart kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
323