Desham Shevalening "PSJ"dagi vaziyatiga to'xtaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 835

Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham darvozabon Lyuka Shevalening Parijning «PSJ» klubidagi hozirgi holati haqida gapirdi. Posbon asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi, hozirda rossiyalik Matvey Safonov jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylangan.
"Kuzda Lyuka terma jamoa tarkibidan Menyanni siqib chiqarishi mumkinligi haqida gapirishgandi, ammo futbolda hamma narsa tez o'zgaradi. O'yin amaliyoti juda muhim. Hozirda Shevale eng yaxshi holatda emas. Klubda barcha qarorlarni bosh murabbiy qabul qiladi. Hamma narsa hali o'zgarishi mumkin", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi «Lequipe».
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 24 yoshli Shevale 17 ta uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 13 ta to'p o'tkazib yubordi.

Bosh sahifaga
297