Turkmaniston chempionatining eng yaxshi to'purari «Mash'al»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

26 yoshli turmanistonlik hujumchi Didar Durdiev O'zbekistonning «Mash'al» klubiga o'tdi, deya xabar tarqatdi Turkmaniston futbol federatsiyasi rasmiy sayti.
Didar Durdiev Bolqonobod shahrida tug'ilgan. U Ashxoboddagi «Olimp» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U — taniqli futbolchi Qurbangeldi Durdievning o'g'li.
Professional futboldagi faoliyatini «Ashxobod»da boshlagan. Shuningdek, «Altiin Asir» va «Xazina» klublarida o'ynagan. Uning so'nggi klubi «Axal» bo'lgan edi. Bu jamoa safida Didar Durdiev 2019 yilda Turkmaniston chempionatining kumush medalini qo'lga kiritib, mavsumning eng yaxshi to'purariga aylandi (14ta gol).
Durdiev Turkmaniston terma jamoasi safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
U qishki mavsumoldi yig'ini paytida «Navbahor» safida ko'rikdan o'tgan edi.

Bosh sahifaga
187