Kerrik APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'ldi (CentreDevils)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

«CentreDevils» nashri APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini kimga nasib etishini aniqladi.
Mukofot Maykl Kerrikka topshiriladi. Uning qo'l ostida «Manchester Yunayted» yanvar oyida ikkita o'yin o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozondi: «Manchester Siti» (2:0) va «Arsenal» (3:2) mag'lub etildi.
Kerrikning ushbu nominatsiyadagi g'alabasi haqidagi ma'lumot ertaga kechqurun rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Ushbu sovringa, shuningdek, Andoni Iraola («Bornmut»), Liem Rosenor («Chelsi») va yaqindagina ishdan bo'shatilgan Shon Daych («Nottingem Forest») ham da'vogarlik qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387