UEFA rahbari futbol tarixidagi eng qadimiy musobaqani bekor qilish taklifini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Angliya futbol assotsiatsiyasiga Angliya liga kubogi turniridan voz kechishni taklif qildi.
«Ushbu turnir boshqa o'tkazilmasa, barchaga yaxshi bo'lar edi. Muammo shundaki, Angliya liga kubogi tufayli qiyin holatdagi ko'p jamoalar moliyaviy manfaat ko'radi. Shuning uchun uni bekor qilish qiyin ekanini tushunaman. Angliyada qadriyatlarga jiddiy qaraladi, siz uzoq yillardan beri davom etadigan an'analarni yaxshi ko'rasiz», — dedi Cheferin.
Shuningdek, UEFA prezidenti Frantsiya ham Liga kubogini o'tkazishdan voz kechganini ta'kidladi. «Faqat Angliya qoldi», — qo'shimcha qildi u.
Angliya liga kubogi futbol tarixidagi eng qadimiy musobaqa bo'lib, u 1960 yildan beri o'tkazilib kelinadi. Unda to'rtta divizion klublari ishtirok etishadi. Musobaqa g'olibi Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Bosh sahifaga
237