Joan Garsiya golga olib keluvchi xatolar qilishda La Ligada peshqadamlardan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

Joan Garsiya joriy mavsumda golga olib kelgan to'rtinchi xatosiga yo'l qo'ydi.
«Barselona» darvozaboni Ispaniya Kubogi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o'yinning 6-daqiqasida Erik Garsiyaning uzatmasini qabul qila olmadi — bu avtogolga sabab bo'ldi.
La Liga darvozabonlari orasida barcha musobaqalarda faqat «Jirona» a'zosi Paulo Gassaniga ko'proq xato qilgan — 6 ta. «Xetafe» posboni David Soriya esa, xuddi Garsiya kabi, to'rt marta xatoga yo'l qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388