«Arsenal» 5 ta o'yinda ilk bor yuta olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

«Arsenal»ning g'alabali seriyasi yakunlandi.
Bugun Mikel Arteta jamoasi APLning 26-turida «Brentford» bilan durang o'ynadi (1:1). Bungacha «to'pchilar» umumiy 11:2 hisobi bilan ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozonishgan edi.
London klubi 57 ochko jamg'argan holda liga turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi va «Manchester Siti»dan 4 ochko oldinda.
«Arsenal» jamoasining so'nggi uchrashuvlardagi natijalari quyidagicha:
13.02.2026, Premer-liga: «Brentford» — «Arsenal» 1:1.
07.02.2026, Premer-liga: «Arsenal» — «Sanderlend» 3:0.
04.02.2026, Angliya liga kubogi: «Arsenal» — «Chelsi» 1:0.
31.01.2026, Premer-liga: «Lids» — «Arsenal» 0:4.
29.01.2026, Chempionlar ligasi: «Arsenal» — «Qayrat» 3:2.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394