Flik «Barselona» boshqaruvidagi eng yirik mag'lubiyatiga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

«Barselona» Xans-Diter Flik qo'l ostidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Kataloniya klubi Ispaniya Kubogi yarim finalida «Atletiko»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungacha «blaugrana» germaniyalik mutaxassis davrida 4 ta to'p farqi bilan yutqazmagan edi. Ushbu davrda «Barsa»ning eng yirik mag'lubiyatlari «Chelsi» (0:3) va «Sevilya» (1:4) bilan o'yinlarda qayd etilgandi.
Bu Flik uchun bosh murabbiy sifatida 2005 yilning martidan beri eng yirik mag'lubiyatdir — o'shanda uning boshqaruvidagi «Xoffenxaym» «Offenbax Kikkers»ga 2:6 hisobida yutqazgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401