Sterling «Feyenoord»ga o'tganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

«Feyenoord»ning yangi a'zosi Rahim Sterling Niderlandiya klubiga o'tishi borasida fikr bildirdi. 31 yoshli ingliz futbolchisi 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
"Xudoning rejasi. Keyingi bobni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman!" — deb yozdi Sterling ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ingliz hujumchisi «Feyenoord»ga erkin agent maqomida o'tdi, chunki u 28 yanvarda «Chelsi» bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Bungacha u «Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» klublarida ham to'p surgan. Uning hisobida barcha musobaqalardagi 599 ta o'yinda 182 ta gol va 133 ta golli uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395