"Atletiko" prezidenti Arauxoning Alvares haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11995

Madridning «Atletiko» klubi rahbari Enrike Sereso «Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxoning Xulian Alvares haqidagi yaqinda bergan bayonotiga munosabat bildirdi.
«Ko'k-anorranglilar» sardori «matraschilar» hujumchisi «Barsa»ga o'tishi kerakligini aytgan edi. Ispaniya OAVlarining xabariga ko'ra, «Atletiko»da bu so'zlarni hurmatsizlik sifatida qabul qilishgan.
"Arauxo xohlagan gapini aytishi mumkin. U bunday izohlar beradigan darajada «Atletiko» uchun muhim shaxs deb o'ylamayman. U yaxshi himoyachi va agar bugun bizga gol urishga va o'yinda g'alaba qozonishga imkon bersa, uni kechiramiz", — deya uchrashuv boshlanishidan biroz avval Seresoning so'zlarini keltirmoqda BarcaTimes.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398