"Monako" jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1752

«Monako» bosh murabbiy Sebasten Pokonolida tegishli litsenziya yo'qligi sababli 425 000 evro miqdorida jarimaga tortiladi. Bu haqda «L’Équipe» nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, monegasklar ustozida uning darajasini va Frantsiya oliy divizioni klublarini boshqarish imkoniyatini tasdiqlovchi sertifikat mavjud emas. Shu sababli «Monako» jamoani belgiyalik mutaxassis boshqarib tushgan har bir Liga 1 yoki Frantsiya Kubogi o'yini uchun 25 000 evrodan to'lashga majbur. Hozirgi vaqtda bu summa 425 000 evroga etdi, biroq mavsum yakunigacha u 750 000 evrogacha ko'tarilishi mumkin.
Pokonoli Frantsiya klubini 2025 yilning kuzida qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida «Monako» 23 ta o'yin o'tkazib, ularning sakkiztasida g'alaba qozondi. Ayni damda jamoa 21 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda Liga 1 jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
387