UEFA rahbari: "Sun'iy intellekt va algoritmlar futbol o'rnini bosa olmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin yosh avlodning futbolga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
"Federatsiyalar siyosat garoviga aylanib qolmoqda. Biz Evropada futbolni qurol sifatida qabul qilmaymiz.
Bugungi kunda birdamlik jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ba'zilar futbol kelasi avlodda yashab qolishi uchun o'zgarishi kerak deyishadi, lekin ular adashishadi. Yoshlar futboldan yuz o'girayotgani yo'q, ular stadionlarni to'ldirishmoqda.
Ekranlar dunyosida sun'iy intellekt o'zgarishlarni tezlashtirmoqda, biroq hech qaysi algoritm yoki bot maydondagi kurash o'rnini bosa olmaydi. Futbol haqiqiydir va aynan shuning uchun ham uning kelajagi porloq", — dedi Cheferin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431