Paragvay prokuraturasi Ronaldinoni qo'yib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldino hibsdan qo'yib yuborildi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
Ronaldino soxta hujjatlar bilan harakatlangani uchun Paragvay politsiyasi chorshanba kuni kechasi uni va akasini qo'lga olgan edi. Manbaga ko'ra, politsiya 8 soat so'roq qilganidan keyin ularni qo'yib yuborgan.
Sobiq futbolchi jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortgan va mehmonxonaga yo'l olgan. Uning advokati bergan ma'lumotiga ko'ra, Ronaldino va uning agenti hamon nazorat ostida turishibdi.
«Ronaldino va uning akasi ozodlik borasida hech qanday cheklovga ega emas, ammo ular hozircha Paragvayda qolib, sud qarorini kutishadi. Unga nisbatan ayblov e'lon qilinishi mumkinligini u his qilib turibdi. Unga berilgan savollarga to'liq javob berishni maslahat berdik. U hech qanday jinoiy harakatni amalga oshirmagan», — deya advokat Adolfo Marinaning so'zlaridan iqtibos keltirdi "The Sun" nashri.

Bosh sahifaga
187