Lukeba uchun kurashda "Real"ning raqobatchisi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45

«Arsenal» yozda «RB Leyptsig» himoyachisi Kastello Lukebani sotib olish niyatida.
London klubi rahbariyati APL va Chempionlar Ligasida bir vaqtning o'zida kurashish uchun tarkib kengligi zarurligini tushunib turibdi. «To'pchilar» Lukebani tarkib uchun ideal qo'shimcha sifatida ko'rishmoqda. Avvalroq himoyachi uchun asosiy da'vogar «Real» ekanligi xabar qilingan edi.
Ushbu mavsumda Kastello Lukeba «RB Leyptsig» safida 19 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 45 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
439