Enrike: "Hamma futbolchilar ko'p pul topsa, hayotdan zavqlanishi mumkin deb o'ylaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike yuqori natijalarga erishish uchun futbolchilarning dam olishi muhimligi haqida gapirdi.
"Ishlash mumkin bo'lgan futbolchilarga ega bo'lish muhim, ammo bosim va stressni engish undan ham muhimroq. Dam olish zarur; mashg'ulotlardan quvonchni saqlab qolish va qilayotgan ishingizdan zavq olish uchun ishdan uzilishni bilish kerak. Hamma futbolchi ko'p pul topib, sportchi bo'lsa, hayotdan zavqlanib yashasa bo'ladi, deb o'ylaydi. Lekin unday emas. Bundan ham muhimroq narsalar bor va mening fikrimcha, dam olish ulardan biri", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Frantsiya chempionatining 21 o'yinidan so'ng "PSJ" ochkolari sonini 51taga etkazib, peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
425