De Ketelare jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 519

"Atalanta"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri belgiyalik Sharl de Ketelare klub mashg'ulotlari vaqtida jarohat oldi. Demak, u ma'lum vaqtni o'tkazib yuboradi.
Aniq aytish mumkinki, u 14 fevral, shanba kuni "Latsio"ga qarshi maydonga tushmaydi. Keyingi o'yinlar haqida gapirishga hali erta, chunki "Atalanta" matbuot xizmati unga etkazilgan jarohat tafsilotlariga to'xtalmadi.
Hozirda Bergamo klubi Italiya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. De Ketelare "Milan"dagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng 2023 yildan beri uning sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261