UEFA o'tgan yili rekord darajadagi 4,4 milliard evro ishlab topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3499

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o'tgan yilning moliyaviy natijalarini e'lon qilib, erkaklar o'rtasidagi klub turnirlaridan rekord darajada daromad olganini qayd etdi.
"Erkaklar o'rtasidagi klub musobaqalarining umumiy daromadi 4,4 milliard evroga o'sib, 2023/2024 yilgi ko'rsatkichlarga nisbatan 690 million evroga oshdi. Ushbu o'sish qayta investitsiyalarning ko'payishiga olib keldi, klublarga moliyaviy to'lovlar 4,4 milliard evroga etdi. Bu o'tgan mavsumga nisbatan 400 million evroga ko'p.
Biz ham musobaqadan keladigan yalpi daromadimizning 10 foizini birdamlik to'lovlariga yo'naltirish orqali o'yinga sodiqligimizni tasdiqladik. Shundan 308 mln evro evrokuboklarda ishtirok etmaydigan klublarga yo'naltiriladi - bu o'tgan yilga nisbatan 76 foizga ko'p, qo'shimcha mablag' esa saralash bosqichidan chiqib ketgan klublar o'rtasida taqsimlanadi. Yana 25 million evro UEFA Yoshlar ligasi va ayollar klublari musobaqalarini qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi", - deyiladi UEFA xabarida.

Bosh sahifaga
256