"Roma" Franchesko Totti bilan klubga qaytish shartlarini muhokama qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 642

"Roma"ning sobiq sardori Franchesko Totti klub rahbarlaridan biriga aylanishi mumkin.
Avvalroq rimliklar 49 yoshli Tottini texnik direktor etib tayinlamoqchi ekani ma'lum bo'lgandi. Sobiq sardor butun faoliyatini o'tkazgan klubiga qaytishga tayyor.
La Repubblica xabariga ko'ra, tomonlar italiyalik futbolchining qaytishi borasida muzokaralar olib bormoqda. Totti yiliga 1 mln evrogacha bo'lgan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Francheskoga asta-sekin klub tuzilmasiga qo'shilishi uchun klubning tashqi maslahatchisi yoki elchisi bo'lish taklif qilinmoqda. Totti kelajakda muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etadigan lavozimga ega bo'lish sharti bilangina bunga rozi bo'lishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318