"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

"Bavariya" kelasi yozda "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanadigan markaziy himoyachi Jon Stounsning transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. "Shaharliklar" 31 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi dargumon. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ushbu kelishuvda Myunxen klubi bosh murabbiyi, avval "Manchester Siti" sardori bo'lgan Vensan Kompani, shuningdek, Stounzning hamyurti Xarri Keyn asosiy rol o'ynashi mumkin. Bundan tashqari, Stouns Madridning "Atletiko" va "Milan" klublari bilan ham aloqada bo'lgani ma'lum.
Joriy mavsumda Stouns barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi va ularda gol ura olmadi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
320