«Real» Ashrafni kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

Madridning «Real» klubi o'tmishda «Hakimiy omili» sababli o'ng qanot himoyachisi izlash borasida transfer bozorida katta faollik ko'rsatmagan. Bu haqda «The Touchline» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Ashraf Xakimiy avvalroq «Real» rahbariyatiga kun kelib albatta klubga qaytishini ma'lum qilgan. Madridliklarning uzoq vaqt davomida ushbu pozitsiyaga yangi futbolchi sotib olmasligining sabablaridan biri aynan marokashlik futbolchining qaytish va'dasi bilan bog'liq bo'lgan.
Kilian Mbappening «Real»da ekanligi ham Xakimiyning qaytish imkoniyatlarini oshiradi. Ma'lumki, Mbappe va Ashraf juda yaqin do'stlar hisoblanishadi.
Ashraf Hakimiy «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. Marokashlik futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar (30 iyun) mo'ljallangan — u 2025 yilning fevral oyida parijliklar bilan kelishuvini uzaytirgan edi. Nufuzli «Transfermarkt» portali markoashlikning bozor qiymatini 80 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
285