«Arsenal» Xaverts bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

«Arsenal» jamoa hujumchisi Kay Xavertsni o'z safida saqlab qolmoqchi.
Jurnalist Stiv Keyning bergan ma'lumotlariga ko'ra, London klubi germaniyalik futbolchi bilan shartnomani 2029 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlagan. «To'pchilar» yaqin vaqt ichida kelishuvga erishishga umid qilishmoqda.
Kay Xaverts 2023 yilda «Chelsi»dan «Arsenal»ga 75 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi London klubi safida barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Xavertsni 55 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215