«Milan» «Barselona» himoyachisini nishonga oldi: Transfer narxi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439

Evropaning top-klublari allaqachon yozgi transfer rejalarini tuzishni boshlashdi. «The Touchline» nashrining xabariga ko'ra, «Milan» klubi «Barselona» himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli futbolchi ham chap qanotda, ham mudofaa markazida o'ynash qobiliyatiga ega.
«Barselona» Martinni yuqori baholaydi, biroq klubning moliyaviy holati «ko'k-anorranglilar»ning 30 million evro atrofidagi taklifga «yo'q» deb javob berishini kafolatlamaydi.
2025/2026 yilgi mavsumda Jerar Martin 32 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshirmadi.
«Milan» ayni damda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Rossonerilar» bitta kam o'yin o'tkazgan holda peshqadam «Inter»dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
259