Bu futbolchi "Inter"ga qaytishni orzu qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

«Bryugge» yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich o'z kelajagi borasidagi orzulari bilan o'rtoqlashdi.
«Mening orzum — «Inter»ga qaytish. Men «Inter» muxlisiman va bu klubni yaxshi ko'raman. Umid qilamanki, kun kelib bu amalga oshadi», — deya Stankovichning so'zlarini keltirmoqda «Sky Sports».
Aleksandar Stankovich — afsonaviy Deyan Stankovichning o'g'li va «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025 yilda Milan klubidan «Bryugge»ga 9 million evro evaziga o'tgan edi. Biroq «neradzurri» futbolchini qayta sotib olish huquqini (optsiya) o'zida saqlab qolgan. Ma'lumotlarga ko'ra, «Inter» uni 2026 yilda 22-23 million evroga yoki 2027 yilda 25 million evroga qaytarib olishi mumkin.
Joriy 2025/2026 yilgi mavsumda serbiyalik 20 yoshli yarim himoyachi Belgiya jamoasi safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Bryugge» bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
261