«Neftchi»ning xorvatiyalik yangi legioneri faoliyatiga nazar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Yangi mavsumda xalqaro maydonga qaytayotgan «Neftchi» klubi xorvatiyalik hujumchi Stive Peritsani o'z tarkibiga qo'shib oldi.
Peritsa 1995 yilning 7 iyul sanasida Xorvatiyaning Zadar shahrida tavallud topgan.
U faoliyatini dastlab Xorvatiyaning «Zadar» klubida boshlagan. Futbolchi jamoadagi birinchi mavsumini o'zidayoq 8 ta gol kiritishni uddalagan. Shundan so'ng, 2013 yilning 1 avgust sanasida uni Londonning «Chelsi» klubi 2,5 million evroga sotib oldi.
Keyingi yillarda futbolchi Isroil, Turkiya, Belgiya, Niderlandiya, Angliya, Italiya kabi mamlakatlarning oliy ligasida to'p tepdi. «Udineze» jamoasidagi faoliyati davomida «Roma», «Milan», «Napoli», «Yuventus» kabi A Seriya grandlari darvozasini ishg'ol etishni uddalagan.
Futbolchi yakunlagan mavsumni Ruminiyaning «Dinamo Buxarest» klubida o'tkazdi va mavsum davomida 16 ta o'yinda maydonga tushib 6 ta gol kiritishni uddaladi.


Bosh sahifaga
244