APL klubi joriy mavsumda uchinchi marta murabbiyni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

«Nottingem Forest» xo'jayini Evangelos Marinakis natija kutishni yoqtirmaydigan ko'rinadi. 2025/2026 yilgi mavsum davomida «o'rmonchilar» allaqachon uchta murabbiyni ishdan bo'shatib ulgurishdi.
Yaqinda Shon Daychning iste'fosi haqida xabar berilgan edi. U 21 oktyabrdan beri jamoani boshqarib, 25 ta o'yinda ishtirok etdi (10 g'alaba, 5 durang, 10 mag'lubiyat).
Oktyabr oyida «Nottingem Forest» sakkizta o'yindan so'ng (ikki durang, olti mag'lubiyat) Ange Postekoglu bilan xayrlashgan edi. Sentyabr oyida esa Nunu Eshpiritu Santu Marinakis bilan munosabatlari yomonlashgani sababli o'z lavozimini tark etgandi — portugaliyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirishni talab qilgan.
Hozirda «Nottingem Forest» APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va xavfli hududdan atigi uch ochko oldinda.

Bosh sahifaga
237