Ikki top-klub Stounsni "Manchester Siti"dan olib ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 428

«Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stouns kelayotgan yozda jamoani tark etadi. Tomonlar 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadigan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirishmayapti.
«Caught Offside» jurnalistlarining bergan ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli ingliz futbolchisida Italiya va Ispaniya chempionatlarida faoliyatini davom ettirish variantlari mavjud. «Atletiko» va «Milan» klublari Stounsni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Avvalroq himoyachiga Myunxenning «Bavariya» klubi tomonidan qiziqish borligi haqida ham xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Stouns Xosep Gvardiola jamoasi tarkibida kam ko'rinish bermoqda. Tajribali futbolchi Angliya Premer-ligasining atigi ettita o'yinida ishtirok etdi va samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Bosh sahifaga
201