Vlahovich uchun favorit aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 800

Hujumchi Dushan Vlaxovich joriy mavsum yakunlangach, "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko'ra, Turin klubi serb bilan 2026 yilning 30 iyunida tugaydigan shartnomani uzaytirmaydi, shuning uchun yozda futbolchi erkin agentga aylanadi. Hujumchini sotib olishga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda, ammo "Chelsi" futbolchi transferi uchun kurashda etakchiga aylandi.
Dushan Vlaxovich 2022 yilda "Fiorentina"dan 83 million evro evaziga "Yuventus"ga o'tgandi. Joriy mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vlaxovichning narxini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205