"Liverpul" "Barselona" himoyachisini sotib olishni maqsad qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

"Barselona" klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchining transfer summasi 80 mln evro atrofida bo'lishi mumkin.
Kunde 2022 yilning yozidan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. Jyul joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Nufuzli internet portali Transfermarkt 27 yoshli frantsiyalik himoyachining transfer narxini 65 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194