Kimmix Upamekanoga "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishni maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Bavariya" yarimhimoyachisi Yozua Kimmix himoyachi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men u bilan bu haqda bir necha bor gaplashdim. U mening fikrimni biladi. Lekin bu masalani o'zi hal qiladi. Upamekano o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi. Mening fikrimcha, bu erda qolish aniq to'g'ri qaror. Uning nuqtai nazaridan rol o'ynaydigan barcha omillarni baholay olmayman. Ammo "Bavariya"ning taklifi hozir juda jozibali deb o'ylayman", - dedi Kimmix Bild nashriga bergan intervyusida.
Upamekano "Bavariya"ga 2021 yilda "Leyptsig"dan 42 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum Myunxen klubi safida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
194