Kimmix: "Eng muhimi - biz "RB Leyptsig"ning o'z darvozamizga gol urishiga yo'l qo'ymadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

"Bavariya" yarimhimoyachisi Yozua Kimmix "RB Leyptsig"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Germaniya kubogining chorak final uchrashuvi 2:0 hisobida yakunlandi. Kimmixning tan olishicha, "Bavariya" dastlabki 20 daqiqada to'pni etarlicha nazorat qilmagan va ko'plab xatolarga yo'l qo'ygan.
"Ikkinchi bo'limda ustunlik qildik. Hujumda xavfli edik, o'yin taqdirini hal qildik va xotirjamlik bilan o'yinni oxiriga etkazdik. Eng muhimi, raqibga ko'plab vaziyatlar yaratishiga va darvozamizga gol urishiga yo'l qo'ymadik", - deya Kimmixning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Germaniya kubogi yarim finalida "Bavariya" "Shtutgart", "Frayburg" yoki "Bayer"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195