Chukvuemeka jahon chempionatiga borish yo'lini topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka 2026 yilgi jahon chempionatiga borish uchun Avstriya fuqaroligini olishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
22 yoshli xavbek Angliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan, biroq mamlakat bosh jamoasi safida birorta ham uchrashuv o'tkazmagan. Eslatib o'tamiz, Chukvuemeka Ayzenshtadtda nigeriyaliklar oilasida tug'ilgan.
Karni Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 18 ta jang o'tkazib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi. Yarim himoyachining dortmundliklar bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211