Arbeloa "Real"da qolishi mumkin bo'lgan shartlar aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 785

Alvaro Arbeloa joriy mavsum yakunlangach, "Real"ni boshqarishda davom etishi mumkin.
Touchline xabariga ko'ra, Madrid klubi mutaxassisga jamoaning doimiy murabbiyi bo'lishi uchun ikki shart qo'ygan. Birinchidan, Arbeloa boshchiligidagi "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasida "Benfika"dan o'tib, turnirning 1/8 finaliga chiqishi kerak. Ikkinchidan, Madrid klubi La Ligada g'olib chiqishi kerak. Agar ikkala shart ham bajarilsa, Arbeloa "Real" bosh murabbiyi sifatida doimiy ish olishi mumkin.
Ayni vaqtda "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" ochkolarini 57taga etkazib, peshqadam "Barselona"dan 1 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183