«Aston Villa» Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 65 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. «Teamtalk» nashrining xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining transferiga Birmingemning «Aston Villa» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Angliyalik futbolchining bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda. Morgan va «o'rmonchilar» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Gibbs-Uayt 26 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Ayni damda «Aston Villa» APL turnir jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turibdi (3-o'rin), «Nottingem Forest» esa 17-pog'onani egallab, ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Bosh sahifaga
181