"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" qiziqishi fonida Tuxel kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel o'z kelajagi borasida bir qarorga keldi. Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis milliy jamoa bilan amaldagi kelishuvini 2028 yilgacha uzaytirish niyatida.
Tomonlar o'rtasidagi yangi shartnoma haqida yaqin vaqt ichida rasman e'lon qilinishi mumkin. Tuxelning hozirgi shartnomasi 2026 yilgi Jahon chempionati yakunida o'z nihoyasiga etishi kerak edi.
Avvalroq matbuotda germaniyalik murabbiyga Premer-liganing ikki klubi — "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel qo'l ostida Angliya terma jamoasi 2026 yilgi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
182