«Barselona»dagi prezidentlik saylovlari Levandovskining taqdirini hal qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Polshalik hujumchi Robert Levandovski faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni afzal ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Rojer Torello xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, 37 yoshli hujumchi o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni «Barselona»da mart oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlaridan so'ng qabul qiladi. Shunga qaramay, Levandovskining ustuvor maqsadi — «Barselona» bilan hamkorlikni davom ettirish. Buning uchun forvard ish haqining kamaytirilishiga ham rozi. Ta'kidlanishicha, hozirgi bosqichda futbolchiga puldan ko'ra ko'proq barqarorlik kerak.
Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
179