Gvardiola "Siti"ning almashtirib bo'lmas futbolchisi kim ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silvaning jamoa uchun nechog'lik muhim ekanligini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.
Chorshanba kuni 31 yoshli portugaliyalik futbolchi «shaharliklar»ga o'z maydonida «Fulxem»ni tor-mor etishga (3:0) yordam berdi va 60-daqiqagacha maydonda harakat qildi.
"Bernardu — almashtirib bo'lmas futbolchi. U ketganidan keyin biz tizimni o'zgartirishga majbur bo'lamiz. Uni almashtirishning imkoni yo'q", — dedi Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida.
Bernardu Silvaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Joriy mavsum jamoa sardori uchun «Siti»dagi oxirgisi bo'lishi ehtimoli yuqori.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268