Gvardiola Xolandning erta almashtirilishini izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasining «Fulxem»ga qarshi bahsida birinchi bo'limdan so'ng almashtirildi.
Norvegiyalik to'purar 39-daqiqada gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirgan edi. Biroq ikkinchi bo'limda uning o'rniga maydonga Omar Marmush tushdi. O'yinning qolgan qismida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
"Men hali shifokorlar bilan gaplashmadim. Erling bilan nima bo'lganini aniq bilmayman. Balki noxushlik, charchoq yoki shunga o'xshash narsadir. Uning o'zi: «Menda noqulaylik bor», dedi. O'yinlar soni, hisob 3:0 ekanligi va zaxirada Marmush borligini hisobga olsak, Xolandni almashtirish mantiqan to'g'ri qaror edi, shunday emasmi?" — deya «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda «The Touchline».

Bosh sahifaga
272