Xoland «Fulxem» bilan o'yinda uzoq kutilgan golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland uzoq tanaffusdan so'ng ilk bor Premer-ligada o'yindan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
25 yoshli futbolchi «Fulxem»ga qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo'limi oxirida yakuniy hisobni o'rnatdi va tanaffusdayoq zaxiraga olindi. Norvegiyalik hujumchi chempionat doirasida o'tgan yilning 20 dekabridan beri ilk bor o'yindan (penaltisiz) gol urdi. Uning muvaffaqiyatsiz seriyasi sakkizta o'yin davom etgan edi.
Erling Xoland APLning joriy mavsumidagi to'purarlar poygasida 26 ta uchrashuvda 22 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. U eng yaqin ta'qibchisi — «Brentford» hujumchisi Igor Tyagoni beshta golga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273