Gvardiola: «Semeno va Gexining transferi — klubning aql bovar qilmas muvaffaqiyati»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Antuan Semenoning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Semeno juda ko'p gol urmoqda! Unda jarima maydonchasi ichida to'pni egallab olish borasida ajoyib sezgi bor, lekin gap faqat bunda emas! Tezlik, intensivlik, to'p nazorati... Yuqori daraja! Klub Mark Gexi va Antuanni sotib olib, aql bovar qilmas xaridlarni amalga oshirganini aytgandim», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda «City Report».
Eslatib o'tamiz, Semeno qishki transfer oynasida «Bornmut»dan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. «Shaharliklar» tarkibida vinger 8 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265