«Liverpul» ustozi EChL yo'llanmasi uchun kurashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

«Liverpul» ustozi Arne Slot o'z jamoasining kelasi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Ochkolardagi farq unchalik katta emasligini hisobga olsak, biz Chempionlar ligasi hududiga yaqin turibmiz. Lekin agar siz autsayderdan bir necha ochko orqada bo'lsangiz, ularni quvib etish osonroq, chunki ular tez-tez ochko yo'qotishadi. Jadvalning yuqori qismida esa vaziyat boshqacha. Peshqadamlar kamdan-kam hollarda xato qilishadi, shuning uchun biz doimo g'alaba qozonishimiz kerak», — deya niderlandiyalik murabbiyning so'zlarini keltirmoqda «qizillar» matbuot xizmati.
Bugungi holatga ko'ra, «Liverpul» 42 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
272