APL tarixida to'rtinchi marta asosiy tarkibda inglizlarsiz o'yin o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

«Sanderlend» va «Liverpul» o'rtasida noyob uchrashuv bo'lib o'tdi. Har ikki jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushgan 22 nafar futbolchi orasida birorta ham ingliz o'yinchisi yo'q edi.
«Opta» xabariga ko'ra, bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi atigi to'rtinchi shunday holatdir. Bungacha bunday voqelik «Arsenal»ning «Portsmut» (2009) va «Chelsi» (2019) bilan bahslarida, shuningdek, o'tgan yili «Fulxem» va «Manchester Siti» o'rtasidagi o'yinda kuzatilgan edi.
Uchrashuvda «Liverpul» «Sanderlend» ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi. Yagona golni 61-daqiqada misrlik Muhammad Salohning uzatmasidan so'ng niderlandiyalik Virgil van Deyk kiritdi.
26 turdan keyin «qizillar» turnir jadvalida oltinchi, «qora mushuklar» esa 11-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
273