Al-Xelayfiy: «Peresni mag'lub bo'ldi deb hisoblaydiganlar — futboldan yiroq odamlar»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

«PSJ» rahbari Nosir Al-Xelayfiy Madridning «Real» klubi va UEFA o'rtasida Evropa Superligasi loyihasi bo'yicha yuzaga kelgan kelishuvga o'z munosabatini bildirdi.
"Bundan juda xursandman. Ushbu kelishuv uchun har ikki tomonga minnatdorchilik bildiraman. UEFA rahbari Cheferin va «Real» prezidenti Florentino Peresga rahmat. Agar kimdir Peres yutqazdi deb aytmoqchi bo'lsa, u futbolni tushunmaydigan ahmoq bo'ladi. Hozir barchamiz yutdik, mag'lublar yo'q", - deya rahbarning so'zlarini keltirmoqda «Marca» gazetasi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Kataloniyaning «Barselona» klubi Superligadan chiqqanini e'lon qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303